Ronaldu jahon chempionati yo'llanmasini muddatidan avval qo'lga kirita olmaganidan keyin bayonot berdi

Krishtianu Ronaldu Vengriyaga qarshi o'yinda dubl qayd etdi, ammo jamoa o'yin oxirida g'alabani qo'ldan chiqardi, bahs durang bilan yakunlandi (2:2). Agar Portugaliya g'alabani o'zida saqlab qolganida, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lardi.
Lissabondagi o'yin yakunlanganidan ko'p o'tmay, 40 yoshli Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.
"Biz maqsadimizga tobora yaqinlashmoqdamiz! Olg'a, Portugaliya!" - deyiladi Ronalduning bayonotida.