"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 959-golini urdi.

40 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatining 15-turidan o'rin olgan "Al-Hilol"ga (1:0, tanaffus) qarshi o'yinda hisobni ochdi.

Endi portugaliyalik futbolchining hisobida klublar miqyosida 817ta, terma jamoa safida esa 142ta gol bor.

Manba: www.stadion.uz.