Ronaldu faoliyatidagi 1000-gol haqidagi savolga hazil bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu o'zining faoliyatidagi 1000-golini urish haqidagi savolga hazil bilan javob berdi. Ronalduning hozirda 953 ta goli bor. Bir jurnalist Krishtianudan Jahon chempionati finalida 1000-golini urib, chempion bo'ladigan stsenariyni tasavvur qilishni so'radi.
"Siz juda ko'p film tomosha qilganga o'xshaysiz (kuladi), bu juda idealistik bo'lardi. Haqiqatga qaytadigan bo'lsak, aytganlaringizning barchasi, albatta, meni xursand qiladi. Milliy terma jamoa faqat bitta o'yinchiga bog'liq emas", dedi Ronaldu.
Krishtianu 40 yoshda. Faoliyati davomida u "Sporting", "Manchester Yunayted", "Real Madrid" va "Yuventus" jamoalarida o'ynagan.