Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 210-penaltini amalga oshirdi.

"An-Nasr" hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionatining 1-turidan o'rin olgan "At-Taavun"ga qarshi o'yinning 54-daqiqasida nuqtadan gol urdi.

Portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi 177-penaltisini golga aylantirdi. Taqqoslash uchun - Lionel Messi hisobida 142 ta penalti va 111 ta gol bor.

Avvalgi golini Ronaldu 23 avgust kuni Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida kiritgandi.