Ronaldu emas: Kapello tarixdagi eng buyuk futbolchini aytdi

Rossiya terma jamoasi va «Real»ning sobiq ustozi Fabio Kapello Shimoliy Amerikada bo'lib o'tayotgan JCh-2026 da 39 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messining o'yin saviyasi haqida o'z fikrini bildirdi.
«Messi tarixdagi eng buyuk futbolchi hisoblanadi. Yosh o'tishi uning o'yiniga ta'sir qila boshladi, ammo u baribir Argentina terma jamoasida hal qiluvchi rolni o'ynamoqda. Lionel hamon o'z o'yinidan zavq olishga majbur qiladi. Misrga qarshi o'yinda u yana o'zini ko'rsatdi», — deb iqtibos keltiradi italiyalik mutaxassisning so'zlarini Gazzetta dello Sport.
Jahon chempionatida Messi sakkizta gol urib, to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Mundialning chorak finalida Argentina Shveytsariya bilan to'qnash keladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar