Ronaldu Armanistonga qarshi o'yin oldidan jamoadoshlariga murojaat qildi

Krishtianu Ronaldu Armaniston bilan o'yin oldidan Portugaliya terma jamoasi futbolchilariga murojaat qildi.
"Olg'a, jamoa! Bugun va har doim birga. Portugaliya va bayrog'imiz uchun!" - deb yozdi Ronaldu X sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Ronalduning o'zi Irlandiyaga qarshi o'yinda (0:2) qizil kartochka olgani tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi.