Ronaldu APL klubini sotib olmoqchi

Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning "Almeriya" klubi aktsiyalarining 25 foizini sotib oldi. Yulduzli futbolchi bu bilan to'xtab qolmoqchi emas.
The Touchline nashriga ma'lum bo'lishicha, Ronaldu endilikda Angliya Premer-ligasi klublaridan birining ulushini sotib olishga katta qiziqish bildirmoqda. Hozirda moliyaviy maslahatchilar Ronaldu uchun turli xil bo'lishi mumkin bo'lgan variantlarni ko'rib chiqishmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu Angliya Premer-ligasida "Manchester Yunayted" safida ikki davrni o'tkazgan edi. Hozirda 41 yoshli portugaliyalik futbolchi "An-Nasr" sharafini himoya qilmoqda. Kuni kecha Ronaldu Saudiya Pro-ligasi doirasidagi o'yinda penaltini golga aylantirdi va faoliyatidagi gollar sonini 965 taga etkazib qo'ydi.