Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ning tarkibni kuchaytirish borasidagi sa'y-harakatlarida faol ishtirok etmoqda.

Bu matbuotda keng yoritilgan. Fichajes nashrining xabar berishicha, 40 yoshli Ronaldu "An-Nasr"ni  "Real Madrid" futbolchisi Antonio Ryudiger bilan shartnoma imzolashga undagan.

Ronaldu Ryudiger jamoaning o'yin sifatini yaxshilashiga ishonadi. Antonio Ryudigerning "Real Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.