Ronaldu "Al-Nasr"ning Saudiya Arabistoni Kubogidan chiqib ketishiga munosabat bildirdi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni kubogi doirasida "Al-Ittihod"ga qarshi o'yindagi (1:2) muvaffaqiyatsizlikka izoh berdi.
Jorje Jezush jamoasi musobaqaning 1/8 finalida printsipial raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 40 yoshli Ronaldu uchrashuv boshidan oxirigacha o'ynadi, biroq samarali harakatlari bilan ko'zga tashlanmadi.
"Biz matonatni saqlab qolamiz, o'rganamiz va birgalikda oldinga intilamiz", - deb yozdi portugaliyalik mag'lubiyatdan so'ng ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu hozircha Saudiya Arabistonida sovrin yutgani yo'q. Joriy yilning yozida forvard klub bilan 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Kommentariyalar