Ronaldo Zidanning Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi haqida gapirdi

Braziliya terma jamoasining afsonaviy sobiq futbolchisi Ronaldo «Real Madrid»ning sobiq ustozi Zinedin Zidan Frantsiya milliy terma jamoasi boshqaruvida muvaffaqiyatga erisha olishi yoki yo'qligi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
«Ha, u bunga albatta qodir. Men doim ushbu lavozim uchun unda ideal fazilatlar mavjudligini aytib kelganman. Unda iste'dod, tajriba, taktik zakovat va mukammal xarakter bor. Bu shunchaki mening ichki sezgim emas. U Madridning «Real» klubi tepasidagi yorqin faoliyati bilan allaqachon hamma narsani isbotlab bo'lgan», — deya Ronaldoning so'zlarini keltiradi L'Équipe gazetasi.
Zidan «Real»ni 2016 yildan 2018 yilgacha, shuningdek, 2019 yildan 2021 yilgacha boshqargan. Frantsuz mutaxassisi qo'l ostida «qaymoqranglilar» uch bor Chempionlar Ligasida g'olib chiqishgan va boshqa ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishgan.
54 yoshli Zidan Jahon chempionati — 2026 dan so'ng Frantsiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar