Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi va Frantsiya hujumchisi Kilian Mbappeni o'zaro solishtirdi.

«Ikkalasi ham, shubhasiz, statistika chegaralaridan chiqib ketadigan va turnir tarixidagi eng yaxshi to'purarlar bo'lishga loyiq futbolchilardir. Messi — futbol tarixidagi eng buyuk o'yinchilardan biri, u hali ham katta ta'sirga ega va o'yin taqdirini belgilaydi. Mbappega kelsak, uning o'yin uslubi menga o'zimning eng yuqori sport formamdagi vaqtlarimni eslatadi. U zamonaviy futbolning eng buyuklaridan biri va ushbu o'yin afsonalarining tabiiy vorisidir», — deya Ronaldoning so'zlarini keltiradi L'Équipe.

JCh-2026da Mbappe to'rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Messi hisobida esa oltita gol bor.

Manba: Stadion.uz