Ronaldo Messi va Mbappe haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Kataloniyaning «Barselona» va Madridning «Real» klublarida to'p surgan Braziliya futboli afsonasi, hujumchi Ronaldo ikki superyulduz — argentinalik Lionel Messi va frantsiyalik Kilian Mbappening o'yinlari haqida fikr bildirdi.
«Messi va Mbappe Jahon chempionati to'purarlari poygasida g'olib chiqishga loyiq. Leo tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U hozir ham juda kuchli o'yin namoyish etmoqda.
Mbappe? Uning o'yin uslubi menga o'zimning yoshligimni eslatib yuboradi. Kilian — bugungi kunning eng zo'r futbolchilaridan biridir», — deya braziliyalik sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi Lequipe nashri.
Jahon chempionati — 2026 musobaqasining guruh bosqichi yakunlariga ko'ra, Messi 6 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda. Mbappe esa 4 ta gol bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar