Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Nazario Lionel Messining jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangani haqida fikr bildirdi.

“Futbol Xudolari uchun bu natija o'zi hammasini aytib turibdi. U barchani ortda qoldirdi. Agar jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lishga kimdir loyiq bo'lsa, bu aynan Messi. U 38 yoshda, tasavvur qiling. Men 38 yoshimda futbolni tark etganimga to'rt yil bo'lgan va vaznim 120 kilogrammga etgandi”, — dedi Ronaldo.

Eslatib o'tamiz, Messi JCh–2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Avstriya milliy terma jamoasiga qarshi bahsda dubl qayd etdi va Argentina milliy terma jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shdi.

Mazkur gollar orqali Messi jahon chempionatlari tarixidagi gollari sonini 18 taga etkazib, musobaqa rekordchisiga aylandi.

Manba: Stadion.uz