Ronaldo Krishtianu Ronalduning Jahon chempionatidagi o'yini haqida fikr bildirdi

Afsonaviy braziliyalik hujumchi Ronaldo 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning 2026 yilgi Jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi safidagi ishtirokiga izoh berdi.
«Krishtianu hali ham Saudiya Arabistonida o'ynashi mumkin, ammo mundialda bu ancha qiyinroq. Bu erda raqiblar saviyasi ancha yuqori. Yakunda hammasi tanamizga bog'liq. Men endi futbol o'ynamayman, chunki miyamda tushunamanki, tanam bunga dosh bera olmaydi», — deya «so'yloq»ning so'zlarini keltiradi A Bola.
Mundialda Krishtianu beshta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Portugaliya o'z ishtirokini 1/8 finalda, ispaniyaliklarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, yakunladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar