Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo futbol bo'yicha JCh-2026 favoritlari nomini ma'lum qildi.

«Frantsiya, Ispaniya va Argentina juda yaxshi futbol ko'rsatishmoqda, ular juda raqobatbardosh, qolaversa, Germaniya ham hamisha xavfli. Bular Braziliyaning titul uchun kurashdagi asosiy raqiblaridir», — deya Ronaldoning so'zlaridan iqtibos keltiradi L'Équipe.

Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tmoqda.

Manba: Stadion.uz