Ronaldo Anchelotti boshchiligidagi Braziliyaning JCh-2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Afsonaviy sobiq hujumchi Ronaldo bo'lajak Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasining istiqbollari haqida gapirdi. «Pentakampeonlar» guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari bilan kuch sinashadilar.
«Bizda Vinisius, Rafinya, Estevao bor — ularning barchasi ajoyib va Evropaning yirik klublarida ajralib turishibdi. Menimcha, bizda JCh-2026da g'olib chiqish uchun haqiqiy imkoniyatlar bor. Anchelotti — futbol tarixidagi eng buyuk va eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri, men unga ishonaman. Ha, qiyin bo'ladi, lekin bizda imkoniyat bor. Hozir Braziliyaning g'alaba qozonish ehtimoli boshqa 95% terma jamoalardan ancha yuqori», — deya Ronaldoning so'zlarini keltirmoqda Madrid Zone.
Braziliyaliklarning mundiallardagi hozircha oxirgi zafari 2002 yilga to'g'ri keladi — o'shanda Ronaldo 8 ta gol bilan turnir to'purari bo'lgan edi. Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti o'tgan yilning yozida «Selesao» boshqaruvini qo'lga olgan.