Ronaldinoning o'g'li Angliyaga ko'chib o'tdi

Chempionshipda ishtirok etayotgan Angliyaning "Xall Siti" klubi Joau Mendesh bilan shartnoma imzoladi.
U ko'proq mashhur braziliyalik Ronaldinoning o'g'li sifatida tanilgan.
"Xall" 20 yoshli futbolchi bilan bir mavsumga shartnoma imzoladi. Hozircha u yoshlar jamoasi tarkibida to'p suradi.
Joau Mendesh bungacha "Flamengo", "Kruzeyro", "Barselona" va "Byornli" klublarining yoshlar jamoalarida o'ynagan.