Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldino "Barselona" yosh yulduzi Lamin Yamal haqida fikrlarini bildirdi.

"Lamin Yamal juda erta namoyon bo'lgan iqtidor. Uning ijodkorligini ko'rish menga yoqadi.

U o'zini isbotlashi va yaxshi natijalar ko'rsatishi kerak, lekin u shubhasiz buyuk futbolchi bo'ladi", - dedi Ronaldino.

18 yoshli Lamin Yamal kuni kecha yilning eng yaxshi yosh sportchisi deb topilgan edi.