Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldino muxlislarga uning o'yiniga bo'lgan mehrlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Odamlarga mening o'yinimni tomosha qilish yoqqanini, ular haligacha YouTube’ga kirib, o'yinlarimdagi eng sara lahzalarni va ba'zi fintlarimni qayta-qayta ko'rishlarini bilishdan baxtiyorman.

Maydonda doim zavqlanib harakat qilganman. Futbolchilik davrimda va hozirgacha menga ko'rsatilayotgan barcha mehr-muhabbat uchun juda faxrlanaman va minnatdorman», — dedi Ronaldino.

Braziliyalik afsona o'z faoliyatini 2015 yilda yakunlagan. U faoliyati davomida «PSJ», «Barselona», «Milan» va boshqa ko'plab klublarda to'p surgan.