Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq yulduzi Ronaldino Lamin Yamalni o'zining davomchisi deb biladi - uning fikricha, har qanday futbol muxlisi Yamalning o'yinini ham sevishi kerak.

"Agar siz futbolni sevsangiz, unda Yamalni sevmaslikning iloji yo'q. Uning engil, kreativ o'yin uslubi bor, uni tomosha qilish juda yoqimli," - deya Ronaldinoning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Ronaldino 2003-2008 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan. 2005 yilda u "Oltin to'p" sohibiga aylandi.