Ronaldino: "Futbol tomosha qilishni yoqtirmayman"

"Barselona" klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldino futbol o'yinlarini tomosha qilishni yoqtirmasligini tan oldi.
"Futbol ko'rishni yoqtirmayman. Menga faqat asosiy jihatlar qiziq, 90 daqiqa juda ko'p. Agar bu final yoki derbi bo'lmasa... Ammo qolgan barcha holatlarda bu menga yoqmaydi. Asabiylasha boshlayman", - dedi Ronaldino.