Afsonaviy sobiq futbolchi Ronaldino Chempionlar ligasi finali oldidan ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi. Finalda "PSJ" hamda "Arsenal" o'zaro bahs olib boradi.

Braziliyalik sobiq yulduz parijliklarni qo'llab-quvvatlab, arxiv suratni e'lon qildi. Suratda u «PSJ» libosida aks etgan.

«Olg'a, Parij!» — deb yozdi Ronaldino.

Ma'lumot uchun, Ronaldino 2001–2003 yillar davomida «PSJ» safida to'p surgan.

Chempionlar ligasi finalida «PSJ» va «Arsenal» o'rtasidagi bahs Pushkash Arena stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Manba: sport24.ru