Argentina terma jamoasi himoyachisi Kristian Romero jarohati sababli JCh-2026 guruh bosqichining so'nggi uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

«Tottenxem» futbolchisi 2-tur doirasidagi Avstriya terma jamoasiga qarshi bahsda (2:0) tizzasidan shikastlangan va 57-daqiqada almashtirilgan edi.

«TyC Sports» xabariga ko'ra, Romero qo'shimcha tekshiruvga muhtoj emas, chunki u jiddiy jarohat olishdan qutilib qolgan. Himoyachi 28 iyun kuni Iordaniyaga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.

Argentina J guruhida birinchi o'rin bilan muddatidan oldin pley-off bosqichiga yo'l oldi.

Manba: Stadion.uz