Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Romario Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe bor e'tiborini raqib darvozasiga qaratishi lozimligi sababli himoyaga qaytib ishlashi shart emas deb hisoblaydi.

«Ochig'ini aytganda, Mbappening asosiy vazifasi – gol urish. Men bir vaqtning o'zida sakkiz nafar futbolchi bilan hujum qiladigan birorta ham jamoani bilmayman. Bunday jamoalar shunchaki mavjud emas.

Agar jamoada bir yo'la sakkiz o'yinchi hujumga o'tmasa va himoyada etti-sakkiz kishi qolsa, unda Mbappening albatta faol himoyalanishiga hech qanday zarurat ko'rmayapman.

U jamoaga himoyada yordam berishi mumkin, ammo undan kutiladigan eng asosiy narsa – gollardir. U aynan shuni bajarmoqda: Frantsiya terma jamoasida ham, «Real»da ham gol urmoqda.

Afsuski, yakunda «Real» titulni qo'lga kirita olmadi. Men Mbappeni birinchi navbatda qanday gol urishni o'ylashi kerak bo'lgan hujumkor futbolchi sifatida qabul qilaman», – dedi Romario.

Manba: Stadion.uz