Romario: «Endrik muxlislarga ko'plab quvonchlar taqdim etadi, ammo Norvegiyaga qarshi o'yinda u dahshatli darajada yomon o'ynadi»

Braziliya terma jamoasi tarkibida 1994 yilgi jahon chempioni bo'lgan Romario JCh 1/8 finalida braziliyaliklarning Norvegiyadan uchragan mag'lubiyatidan (1:2) so'ng, hujumchi Endrikni keskin tanqid qildi.
«Menga Endrik yoqadi va u bizga hali ko'p quvonch keltiradigan futbolchi bo'ladi, ammo Norvegiyaga qarshi bahsda u dahshatli darajada yomon harakat qildi. Keyin odamlar: "Axir u hali yosh-ku", deyishadi. Bu gaplar kimga kerak? U o'sha la'nati golni urishi shart edi. Yoshmi, o'rta yoshlimi, qarimi — menga farqi yo'q», — deya Romarioning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.
19 yoshli Endrik JCh-2026 turnirida 4 ta o'yinda jami 111 daqiqa harakat qildi va birorta ham natijali harakat amalga oshira olmadi. U faoliyati davomida milliy terma jamoa libosida 21 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar