Romanoli «Latsio»ni tark etib, «As-Sadd» bilan shartnoma imzoladi

Himoyachi Alessio Romanoli rasman «Latsio»ni tark etdi va faoliyatini Qatarning «As-Sadd» klubida davom ettiradi.
Taniqli insayder-jurnalist Janluka di Martsioning ma'lumotiga ko'ra, 30 yoshli italiyalik futbolchi Qatar klubi bilan allaqachon shartnoma imzolab bo'lgan. Yaqin soatlar ichida u tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Romanoli so'nggi 4 mavsumni «Latsio»da o'tkazdi va Mauritsio Sarri qo'l ostida himoya chizig'ining asosiy figuralaridan biri edi. Ortda qolgan 2025/2026 yilgi mavsumda u barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushdi (A Seriyada 32 ta va Italiya Kubogida 5 ta) va 1 ta gol urdi — ushbu yagona golini Kubok yarim finalining javob bahsida «Atalanta» darvozasiga kiritgandi.
Boshqa manbalarning xabar berishicha, ushbu transfer uchun «Latsio» taxminan 3 million evro tovon puli oladi, Romanolining yangi klubidagi yillik maoshi esa 6 million evroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar