Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan JCh–2026 yakunlanganidan so'ng Frantsiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda mashhur jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Frantsiya terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini Dide Desham rahbarligida yakunlaydi. Avvalroq mutaxassis mundial tugagach o'z lavozimini tark etishini ma'lum qilgan edi.

Frantsuzlar JCh–2026 yarim finalida Ispaniyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Endi ular uchinchi o'rin uchun bahsda Argentina — Angliya yarim final juftligida mag'lub bo'lgan jamoaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Dide Desham 2012 yildan buyon Frantsiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. U jamoani 2018 yilgi jahon chempionatida chempionlikka olib chiqqan.

Zinedin Zidan esa klub futbolida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. U «Real»ni 2016–2018 va 2019–2021 yillarda boshqarib, uch marta Chempionlar ligasi g'olibi, ikki marta Ispaniya chempioni bo'lgan hamda qator xalqaro sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Manba: Stadion.uz