Romano "Yuventus" Sanchodan qanday voz kechganini aytib berdi

Yozda Jeydon Sanchoni "Yuventus"ga o'tish bilan bog'lashgandi, ammo kelishuv amalga oshmadi. Transfer oynasi yopilishidan oldin "Manchester Yunayted" vingeri "Aston Villa"ga yo'l oldi va u erda mavsumni ijara asosida o'tkazadi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, ko'plab mish-mishlarga qaramay, "keksa sinora" ingliz bilan shartnoma imzolashga yaqin bo'lmagan. Transferlar bo'yicha mutaxassisning ta'kidlashicha, turinliklar 25 yoshli futbolchiga hatto taklif ham bermagan. "Yuventus" moliyaviy talablar haqida xabar topgach, Sanchoning nomzodini rad etdi.
Jeydon Sanchoga "Roma" ham da'vogarlik qilgandi. Yaqinda Klaudio Raneri rimliklar nima uchun muzokaralardan chiqishga majbur bo'lganini aytdi.