Nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda hujumchi Rasmus Xyoylundning kelajagi haqida yangi post qoldirdi. Romanoning ma'lum qilishicha, barcha tomonlar daniyalik futbolchining "Manchester Yunayted"dan "Napoli"ga o'tishiga kelishib olgan.

"Napoli" Xyoylundni 6 million evroga ijaraga oldi. Kelishuvda 44 million evroga sotib olish imkoniyati ko'rsatiladi. Muayyan sharoitlarda, bu optsiya majburiy bo'lishi mumkin.

Yaqin bir sutka ichida Rasmus tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agar muammolar aniqlanmasa, transfer rasman e'lon qilinadi.

"Manchester Yunayted" safida Xyoylund 95 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va sheriklariga 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.