Insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Dushan Vlaxovichning Turinning «Yuventus» klubini tark etayotganini va buning moliyaviy sabablarini tasdiqladi.

«Men Dushanning qolishini istardim, ammo u yuqoriroq maosh talab qilmoqda. Hozirgi maosh darajasi bilan u Italiyada qolmaydi», — deya «Yuventus» direktori Jorjo Kellinining so'zlarini keltiradi Romano.

Vlaxovich 26 yoshda, uning «Yuve» bilan shartnomasi 2026 yilning yozida, ya'ni bir oydan kamroq vaqt ichida yakuniga etadi. Serbiyalik futbolchi turinliklar safida 2022 yilning yanvaridan buyon to'p surib kelayotgan edi.

Belgradning OFK va «Partizan» klublari tarbiyalanuvchisi bo'lgan Dushan Italiyaga 2018 yilda, «Fiorentina»ga o'tganida kelgan. «Yuventus» to'rt yarim yil avval ushbu hujumchi uchun 85 million evro to'lagan edi.