Romano "PSJ" darvozabonining ispan klubiga transferini ma'qulladi

Frantsiyaning "PSJ" klubi darvozaboni Arnau Tenas klubini o'zgartirishga yaqin turibdi. Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qilishicha, darvozabonning yangi ish joyi Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi bo'ladi.
Klublar muvaffaqiyatli muzokaralar olib borishdi va bitim shartlarini kelishib olishdi. 24 yoshli darvozabonning transferi ikki yarim million evroga baholanmoqda.
Tenas Parij grandining zaxira darvozaboni hisoblanadi. O'tgan mavsumda ispaniyalik atigi ikkita o'yinda ishtirok etdi. Uning Frantsiya chempioni bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Bozor narxi uch million evroni tashkil etadi.