Taniqli insayder Fabritsio Romano "Yuventus" vingeri Nikolas Gonsalesning ehtimoliy transferi haqida ma'lumot berdi.

Argentinalik futbolchiga "keksa sinora" bilan kelisha olmayotgan "Atletiko" da'vogarlik qilmoqda. Romanoning fikricha, hozirgi vaqtda transfer ehtimoli katta emas - 30%. "Yuventus" futbolchini sotmoqchi, "matraschilar" esa ijaraga olmoqchi.

Transfermarkt saytida Nikolas Gonsalesning narxi - 24 mln evro. O'tgan mavsumda 27 yoshli futbolchi turinliklar safida ijara asosida to'p surgan, iyul oyida esa 28 mln evro evaziga majburiy sotib olish bandi kuchga kirgandi, biroq "byankonerilar" "binafshalar"ning sobiq yulduziga ko'p ham umid bog'lashmayapti.