Romano Levandovskining yangi klubi nomini ma'lum qildi

Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, «Barselona» hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini MLSning «Chikago Fayr» klubida davom ettiradi.
Avvalroq polshalik forvard ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilish va kelajagi borasida bir qarorga kelish uchun Amerikaga uchib borgan edi. Shartnoma keyingi haftada imzolanadi.
Levandovski oxirgi to'rt mavsumni «Barselona»da o'tkazdi. Yakunlangan mavsumda 37 yoshli polyak barcha musobaqalarda 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Polsha terma jamoasi JCh-2026 ga chiqa olmaganidan so'ng, xalqaro faoliyatiga yakun yasagan edi.
«Chikago Fayr» MLSning Sharqiy konferentsiyasi vakili hisoblanadi. Ayni paytda ushbu klub o'z konferentsiyasida uchinchi o'rinda bormoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar