Romano Kontening nima sababdan «Milan»ni boshqarmasligini tushuntirib berdi

Insayder Fabritsio Romano «Napoli»ni tark etgan Antonio Kontening Italiya terma jamoasiga tayinlanish ehtimoli haqida fikr bildirdi, shuningdek, mutaxassis nima uchun Massimiliano Allegri iste'foga chiqarilgan «Milan»ga kelmasligiga to'xtaldi.
«Konte qaerga o'tadi? Bugungi kunga kelib «Milan» bilan hech qanday aloqa bo'lmagan. Italiya terma jamoasi haqidagi turli mish-mishlar va stsenariylarga kelsak, bu federatsiya prezidentining qaroridan keyin ma'lum bo'ladi.
Roberto Manchini qaytishga tayyorligini bildirdi; Konte ham «Adzurri»ga qaytishni istardi, ammo hozir buning vaqti emas. «Milan» haqida gapiradigan bo'lsak, Kontega rad javobini berish qarori rahbariyatdan chiqqan: ular boshqacha o'yin uslubiga ega bo'lgan murabbiyga e'tibor qaratishni xohlamoqdalar», — dedi Romano Time2play uchun bergan ma'lumotida.