Romano Gexi uchun kurashda "Liverpul"ning asosiy raqobatchilarini sanab o'tdi

"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi kelasi yili jamoasini o'zgartiradi. 25 yoshli futbolchining "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga etadi va uzaytirilmaydi. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, inglizga da'vogarlarning barchasi yozgacha kutishni va uni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishni afzal ko'rmoqda - yanvardagi transfer ehtimoli kam.
"Liverpul" qiziqishda davom etmoqda, shuningdek, "Tottenxem" va "Manchester Siti" ham "Pelas" yulduziga da'vogarlik qilmoqda. Bundan tashqari, futbolchining vakillari bilan "Bavariya" allaqachon aloqada bo'lgan. Manbaning ta'kidlashicha, Italiyaga ko'chib o'tish dargumon. Hozirda Gehi barcha mavjud variantlarni o'rganmoqda.