"Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jake "Liverpul"ga o'tadi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.

20 yoshli frantsuz kelasi yozda mersisaydliklar safiga borib qo'shiladi. "Liverpul" bu transfer uchun 60+10 million evro sarflaydi.

Jakega "Chelsi" ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi, ammo "Liverpul" bu kurashda g'olib chiqdi.

Transfermarkt portali Jakeni hozirda 20 millionga baholamoqda. U joriy mavsumda 19 ta o'yinda maydonga tushdi.