Nufuzli insayder Fabritsio Romano Frantsiya terma jamoasi futbolchisining «PSJ»ga yaqin orada o'tishini tasdiqladi. Liga 1 grandi safini chap qanot himoyachisi Lyuka Din to'ldiradi.

Jahon chempionati yakunlangach, «PSJ» Lyuka Dinni «Aston Villa»dan sotib olish optsiyasini faollashtiradi. Transfer summasi 10 million evrodan kamroqni tashkil etadi.

Romano 32 yoshli Lyuka Din «PSJ»da Nunu Mendeshga o'rinbosar bo'lishga rozi bo'lganini ta'kidlaydi.

Ayni damda Din Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Lyuka «uchranglilar»ning asosiy chap qanot himoyachisi hisoblanadi.

Jahon chempionati yarim finalida Frantsiya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz