Insayder Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida "Benfika" rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourinoning klubda ishlashi va faoliyat yuritishiga qanday munosabatda ekani haqida ma'lumot berdi.

"Benfika" Chempionlar ligasiga qaytishga tayyorgarlik ko'rayotgan Joze Mourinoning klub rivojiga qo'shayotgan hissasidan juda mamnun.

Mourino va unga eng yaxshi tanlov sifatida ishongan "Benfika" futbol klubi bosh direktori Mariu Branku yaqin aloqada ishlamoqda," deb yozgan insayder o'z sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Mourino bungacha Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi va bir qator top-klublar bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.