Romano "Bavariya"ning "Yuventus" yulduziga qiziqishi haqida gapirdi

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich "Bavariya"ning ehtimoliy transfer maqsadi hisoblanadi. Serbiyalik kelasi yozda, "keksa sinora" bilan mehnat shartnomasi muddati tugagach, erkin agentga aylanishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, "Bavariya" 25 yoshli forvardning vakillari bilan aloqalarni to'xtatgan - tomonlar oktyabr oyidan beri bog'lanmagan. Biroq, manbaning aniqlik kiritishicha, bu nemis grandi futbolchiga bo'lgan qiziqishni yo'qotdi, degani emas.
Dushan Vlaxovich "Yuventus" safida joriy mavsum 14 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 mln evroga baholamoqda.