Romano "Barselona"ning transfer rejalari haqida ma'lumot berdi

Qishki transferlar vaqtida "Barselona" markaziy himoyachi pozitsiyasini kuchaytirmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klub allaqachon yangi himoyachi qidirmoqda. Ammo u katta nomga ega futbolchi bo'lishi dargumon. Katta ehtimol bilan "Barselona" nisbatan arzon narxda himoyachi topadi yoki kimnidir ijaraga oladi.
18 o'yindan so'ng "Barselona" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 46 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Eng yaqin raqibdan farq to'rt ochkoni tashkil etadi.