Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoya chizig'i etakchilaridan biri Frenki de Yong bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 28 yoshli niderlandiyalik xavbek "ko'k-anorranglilar" bilan 2029 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

De Yong 2019 yilda "Ayaks"dan 86 million evroga sotib olingandi. U klub uchun 266 ta o'yinda 19 ta gol urib, 24 ta assist amalga oshirgan.