Romano Barkolaning kelajagi tafsilotlarini oshkor qildi

«PSJ» qanot hujumchisi Bredli Barkola agar katta taklif olsa, Frantsiya klubini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Barkola bilan bog'liq vaziyat mavhumligicha qolmoqda, chunki Frantsiya klubi hujum chizig'iga ikkita transfer tayyorlamoqda — «Monako» vingeri Magnes Akliush va «RB Leyptsig» hujumchisi Yan Diomand. Ta'kidlanishicha, frantsiyalik vinger «Liverpul»ning ustuvor maqsadlari ro'yxatidan joy olgan. Angliya klubi futbolchiga 2025 yilning yozidan beri qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq «PSJ» Diomand bilan besh yillik shartnoma borasida kelishib olgani xabar qilingan edi.
Yakunlangan mavsumda Barkola barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar