Madridning «Real» klubi sobiq ustozi Alvaro Arbeloa tez orada «Fulxem»ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu ma'lumotni insayder Fabritsio Romano e'lon qildi.

Romano o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bir hafta oldingi Arbeloaning «Fulxem» bilan shartnoma tafsilotlarini kelishishni yakunlayotgani haqidagi postini repost qildi.

Eslatib o'tamiz, 2025/26 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin Arbeloa «Real» bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan edi, «Fulxem»dan esa Marku Silva ketgan.

Angliya premer-ligasining yakunlangan mavsumini «Fulxem» turnir jadvalida 11-o'rinda yakunladi.

Manba: Stadion.uz