Romano

Fabritsio Romano Xristos Tsolisning "Bryugge"dan Londonning "Arsenal" klubiga o'tayotganini tasdiqladi. Belgiya klubi gretsiyalik futbolchi uchun 40 mln evro oladi, unga allaqachon "Arsenal"da tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat berilgan.
"Arteta uchun yangi vinger, chunki Tsolis faqat "Arsenal"ni xohlagan va boshqa klublar taklifidan voz kechgan", — deya tushuntirdi Romano.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Arsenal" klubda uch yarim yil o'tkazgan Leandro Trossar bilan xayrlashgan edi. Belgiyalik futbolchi Istanbulning "Beshiktash" klubiga o'tdi.
Tsolis 24 yoshda, u universal hujumchi hisoblanadi. Maydondagi asosiy pozitsiyasi — chap vinger, biroq u hujum markazida ham, qarama-qarshi qanotda ham o'ynay oladi. U PAOK tarbiyalanuvchisi bo'lib, avvalroq "Norvich", "Tvente" va Dyusseldorfning "Fortuna" jamoalarida o'ynagan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar