«Roma» yulduzi Italiya terma jamoasi sabab Argentinadan voz kechishi mumkin

"Roma" hujumchisi Matias Soulening agenti Martin Guastadiseno mijozining oktyabr oyidagi o'yinlar uchun Argentina terma jamoasi tarkibida yo'qligiga izoh berdi.
"U yosh argentinaliklar orasida hali bir daqiqa ham o'ynamagan yagona futbolchi. U "Roma"dek muhim jamoada etakchiga aylanmoqda va bunga haqli. Matias - argentinalik italyan va Argentina bilan bog'liq vaziyat hal bo'lmasa, nima bo'lishi mumkinligini bilmayman. Hozir hammasi ochiq: yuridik jihatdan u Italiya terma jamoasiga chaqirilish imkoniyatiga ega," - deya Guastadisenoning so'zlarini keltiradi TyC Sports.
22 yoshli Soule 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 8 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Argentina terma jamoasi 11 oktyabr kuni Venesuelaga qarshi, 14 oktyabr kuni esa Puerto-Rikoga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.