Italiyaning «Roma» klubi tarkibni jiddiy ravishda qayta qurishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Klub rahbariyati keyingi mavsumda «bo'rilar»ni kim boshqarishidan qat'i nazar, jamoani yangidan shakllantirish niyatida.

Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, shu yozda «Roma»ni aniq tark etadigan 7 nafar futbolchidan iborat ro'yxat allaqachon tuzib bo'lingan. Bular: Artyom Dovbik, Stefan El-Shaaravi, Brayan Saragosa, Lorentso Venturino, Evan Fergyuson, Kostas Tsimikas va Zeki Chelik.

Shuningdek, Paulo Dibala, Devayn Rensh, Anxelino va Lorentso Pellegrinilarning kelajagi ham so'roq ostida qolmoqda. Moliyaviy qoidalarga rioya qilish maqsadida klub Kuadio Kone va Evan Ndikani sotib yuborishi mumkin — qayd etilishicha, ushbu futbolchilarga talab juda yuqori.