"Roma" sobiq bosh direktori Mourino haqida fikr bildirdi

O'tmishda "Roma"da bosh direktor lavozimida ishlagan Gvido Fienga 2021-2024 yillarda "bo'rilar"ni boshqargan murabbiy Joze Mourinoga tavsif berdi.
"Mourino haqida ko'p gapirishim mumkin. Uni uch so'z bilan qanday ta'riflagan bo'lardim? Aqlli, o'z ishida tajribali, lekin men uchinchi so'zni ayta olmayman", - deya Fienganing so'zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.
Mourino "Roma"ni 2021/22 yilgi mavsumda UEFA Konferentsiyalar ligasida g'alaba qozonishga olib keldi. Chempionatda rimliklar ikki marta oltinchi o'rinni egallashdi.