"Roma" faol qishki transfer oynasiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Italiyalik mashhur jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "jalorossi" rahbariyati yanvar oyidayoq yangi chap qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, hozirda Jan Pero Gasperini jamoasida ikki nafar nominal chap qanot himoyachisi bor: Anxelino va "Liverpul"dan ijaraga olingan Kostas Tsimikas. Shuningdek, jamoada Uesli Fransa chap qanot himoyachisi sifatida o'ynay oladi.

Ma'lumot uchun, "Roma" ayni damda A Seriya 16-turidan keyin 30 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda.