«Yuventus» klubi «Roma» darvozaboni Mile Svilarni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

La Repubblica nashrining xabar berishicha, Turin klubi golkiper transferi uchun taxminan 35 million evro taklif qilishga tayyor. Biroq «Roma»ga ushbu taklif ma'qul kelmadi. Rim klubi o'z futbolchisining sotuvidan kamida 60 million evro ishlab olishni maqsad qilgan.

Mile Svilar 2022 yilda «Benfika»dan «Roma»ga erkin agent maqomida o'tgan edi. Uning «bo'rilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda 26 yoshli golkiper Rim klubi safida barcha musobaqalarda 48 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 44 ta gol olib chiqdi va 21 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Svilarning transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz