Rimning "Roma" klubi jamoa markaziy yarim himoyachisi Manu Kone bilan xayrlashishga tayyor, deya xabar berdi La Gazzetta Dello Sport.

Manbaga ko'ra, rimliklar 24 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasi yakunida 40 million evroga sotishni istamagan edi, ammo endi vaziyat moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq vaziyat tufayli o'zgardi.

"Roma" transferlardan 90 million evro ishlashi kerak, shu sabab "bo'rilar" qishda 24 yoshli frantsuz uchun keladigan takliflarni tinglashga tayyor.